Главная » 2020 » Апрель » 14 » Hali kasallik cho‘qqisiga chiqmadi, tayyor turishimiz kerak – JSST
20:06

Hali kasallik cho‘qqisiga chiqmadi, tayyor turishimiz kerak – JSST


Dunyoda yangi turdagi koronavirus infeksiyasi hali cho‘qqiga chiqmagan. Ushbu fikrni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari bildirib o‘rishdi.

"Hali ushbu kasallik cho‘qqisiga chiqmadi. Biz turli favqulodda holatlarga tayyor turishimiz kerak. Karantin choralarini yumshatishga hali erta", deyiladi JSST xabarida

Ta’kidlanishicha, Koronavirus bilan kasallanish holatining 90 foiz AQSH va Yevropa hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Biroq, Yevropaning bir qator mamlakatlarida koronavirus infeksiyasining tarqalishi sekinlashayotgani kuzatilyapti.

Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti pandemiya bilan bog‘liq cheklovlarni tezda olib tashlash xavfi to‘g‘risida ogohlantirgan edi. Uning fikricha, cheklovlarni shoshilinch ravishda olib tashlash epidemiyaning kuchayishiga va iqtisodiyot uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan bog‘liq 1 940 783 holat aniqlangan. Kasallanganlarning 459 986 nafari sog‘aygan, 120 925 nafari vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 1 359 872 kishini tashkil qilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Kasallik, chiqmadi, JSST, cho‘qqisiga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя