Главная » 2021 » Март » 22 » Halok bo‘lganlar ro‘yxatiga kiritilgan politsiyachi 17 yildan so‘ng tirik chiqdi
20:40

Halok bo‘lganlar ro‘yxatiga kiritilgan politsiyachi 17 yildan so‘ng tirik chiqdi


Indoneziyada 17 yil avval sunami oqibatida halok bo‘lganlar ro‘yxatiga kiritilgan politsiya ofitseri Abrip Asep tirik holda topildi. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib «Daily Mail» xabar bermoqda.

2004-yil 26-dekabrda ro‘y bergan tabiiy ofat tufayli minglab odamlar qurbon bo‘lishgan. Politsiyachining oilasi ham uning olamdan o‘tganiga ishonishgan. Avvaliga uni bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritishgan, so‘ng rasman halok bo‘ldi deb e’lon qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yillar davomida politsiyachi Achex viloyatidagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida bo‘lgan. Sunami paytida boshidan kechirgan dahshatlar oqibatida uning ruhiy ahvoli og‘irlashib qolgan.

«Rostini aytsam, ishonish qiyin. 17 yil mobaynida undan hech qanday xabar bo‘lmagan, uni o‘ldi deb o‘ylardik. Uning tirik bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylab ham ko‘rmaganmiz», — deydi Asepning qarindoshlaridan biri.

Ruhiy kasalliklar shifoxonasi Asepning ota-onasiga uning shifoxonada yotgani haqida nega xabar bermagani hozircha qorong‘i.

2004-yil 26-dekabr kuni Indoneziyada Rixter shkalasi bo‘yicha 9 balli zilzila sodir bo‘lgan. Yer silkinishi natijasida Janubi Sharqiy Osiyo mamlakatlarida kelib chiqqan sunami 270 mingdan ortiq odamning umriga zomin bo‘lgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tirik, politsiyachi, Halok | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя