Главная » 2017 » Февраль » 26 » Hamma tiliga erk bergan zamonda, Kubayevaning aka-ukasi bo‘lish qiyin
18:12

Hamma tiliga erk bergan zamonda, Kubayevaning aka-ukasi bo‘lish qiyin


Dilnoza Kubayevani xushlamaydigan o‘zbek tomoshabini topilmaydi. U sahnada qanchalik yoqimtoy aktrisa bo‘lsa, hayotda ham hammaning ko‘ngliga yo‘l topa oladigan, ochiqko‘ngil, samimiy ayol.

Qalampir loyihasi doirasida Asia Film studiyasi hamda Slab restorani bilan hamkorlikda suratga olingan yangi “Yolg‘ondan yiroq” ko‘rsatuvida aktrisa hayoti davomida boshidan kechirganlari haqida ochiq-oydin gapirdi.

O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova hamda teleradioboshlovchi Botirxon Imomaliev boshchiligida suratga olingan “Yolg‘ondan yiroq” ko‘rsatuvida aktrisa Dilnoza Kubayeva o‘zi haqida tarqalgan gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi. 70 yoshli cholga turmushga chiqqani haqidagi mish-mishlaru ijoddagi nohaqliklar, uning dilini og‘ritgan voqealar, yo‘qotishlar, hayotining eng shirin lahzalariyu turmush o‘rtog‘ining vafoti, farzand tarbiyasi, yolg‘iz ayol boshiga keladigan gaplar haqida so‘z ocharkan, onasi, aka va ukalariga qiyin ekanini aytadi.

Dilnoza Kubayeva ko‘p suhbatlarda onasi haqida gapiradi, biroq otasini hech tilga olmaydi. Buning sababi nima? Navbatdagi suhbatda shu kabi ko‘plab savollarga javob topasiz.

Ko‘rsatuvni suratga olishda yaqindan yordam bergan Asia Film studiyasi hamda Slab restoraniga minnatdorchilik bildiramiz.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Dilnoza Kubayeva | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя