Главная » 2020 » Декабрь » 19 » Hamshira, shifokor va o‘qituvchilar maoshi bir necha baravarga oshiriladi – vazir o‘rinbosari
08:15

Hamshira, shifokor va o‘qituvchilar maoshi bir necha baravarga oshiriladi – vazir o‘rinbosari


Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Amrillo Inoyatov 2021-yilda hamshira, shifokor va o‘qituvchilarning maoshlari bir necha baravar oshirilishini ma’lum qildi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

«Bu og‘riqli savol… Sizni ishontirib aytaman, muhtaram Prezidentimiz aytdilar, yaqin kunlarda, yaqinlashib kelayotgan 2021-yilda hamshira, shifokor va o‘qituvchilarning ish haqi bir necha baravar oshiriladi», — degan vazirning birinchi o‘rinbosari.

U, shuningdek, xorijdagi o‘zbekistonlik mutaxassislarni vatanga qaytarish masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan.

«Ular chet eldagi qulayliklar tufayli mamlakatni tark etishdi. Ularni qaytarishning yagona usuli — yaxshi ish haqi berish. Yaqinda Prezident biz birlamchi tibbiy yordam shifokorlarining ish haqini 1000 dollarga ko‘taramiz, deb e’lon qildi. Shunda ular o‘zlari qaytib kelishadi. Agar Afrikada ular o‘rtacha 3000 dollar maosh olsa, bu yerda 1000 dollar koeffitsiyenti bo‘yicha bu ish haqiga teng bo‘ladi. Biz endigina oyoqqa turayotgan yangi mamlakatmiz», — degan Amrillo Inoyatov.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘qituvchilar, hamshira, shifokor, maoshi, oshiriladi, Vazir o‘rinbosari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя