Главная » 2020 » Март » 26 » Hantavirusning qay tarzda yuqishi ma’lum bo‘ldi
18:11

Hantavirusning qay tarzda yuqishi ma’lum bo‘ldi


Avvalroq, Xitoyda bir kishi hantavirus sabab vafot etgani haqida xabar bergan edik. Ushbu virusning qay tarzda yuqishi va tarqalishi haqida Rossiya Fanlar akademiyasining a’zosi Sergey Netesov batafsil so‘zlab berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hantavirus odamdan odamga faqat qon orqali yuqishi mumkin. Kasallik yo‘talish va aksirish orqali yuqmaydi. Netesovning ma’lum qilishicha, bunday infeksiyalar "yaxshi o‘rganilgan va o‘lim hollari juda kam". Olimning aytishicha, ushbu kasallikning alomatlari o‘ta qo‘rqinchli emas.

Uning ta’kidlashicha, hantavirus Xitoyda, Koreyada, Yevropa mamlakatlarida va Rossiyada uchraydi. Statistikaga ko‘ra, Rossiyada yiliga 4-5 mingga yaqin odam ushbu kasallikka chalinadi. Rossiya Federatsiyasi hududida infeksiya ko‘pincha Boshqirdistonda uchraydi. 1997 yilda ushbu mintaqada rekord darajada – 20 000 ta infeksiya holati qayd etilgan.

“Odamga bu virus pichan o‘rish paytida, o‘rmon kemiruvchilar ko‘p bo‘lgan joyda yoki qishloqdagi kuzgi yig‘im-terim paytida yuqadi. Kasallik tarqatuvchi kemiruvchilar virusni tanalaridan najas va peshob orqali chiqaradi. Virus turli o‘simlik va o‘tlarda ancha paytgacha yashaydi", deya tushuntirdi mutaxassis.

Uning ta’kidlashicha, bu yangi virus emas. Olimlar ushbu kasallikni uzoq vaqt davomida o‘rganishgan. Uni davolash uchun bir soat ichida natijani ko‘rsatadigan tezkor testlar va vaksinalar ishlab chiqilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя