Главная » 2022 » Октябрь » 24 » Haqiqatda ekilmagan 6,2 mln daraxt ko‘chati hisobotlarga “ekildi” deb qo‘shib yozilgan
14:18

Haqiqatda ekilmagan 6,2 mln daraxt ko‘chati hisobotlarga “ekildi” deb qo‘shib yozilgan


“Yashil makon” umummilliy aksiyasi doirasida joriy yil bahorda daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

"Daraxt ekish ishlarini tizimli tashkil etmasdan, sug‘orish va parvarishlash uchun tegishli mas’ullar biriktirilmagan. Haqiqatda ekilmagan 6,2 mln dona ko‘chat hisobotlarga qo‘shib yozilgan, 3,4 mln dona ko‘chat sug‘orish tizimi bo‘lmagan joylarga ekilgan.

2,4 mln dona ko‘chat suvsizlik va yetarli parvarish bo‘lmaganligi sababli bahor tugamasdan qurib nobud bo‘lgan. Yerning tabiiy iqlim xususiyatlarini inobatga olmagan holda 341 ming dona ko‘chat yaroqsiz yerlarga ekilgan",– deyiladi xabarda.

O‘z navbatida, Senat Raisi bu boradagi kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish, ularning oldini olish maqsadida mahalliy Kengashlar oldiga qator vazifalarni belgilab bergan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: daraxt, yozilgan, qo‘shib, Haqiqatda, ekildi, deb, hisobotlarga, mln, ko‘chati, ekilmagan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя