Главная » 2019 » Декабрь » 28 » Haqiqiy asalni qalbakisidan qanday ajratish mumkin?
19:56

Haqiqiy asalni qalbakisidan qanday ajratish mumkin?


Haqiqiy asal qo‘shimcha mahsulotlar qo‘shilmagan tabiiy mahsulotdir. Odamlar aldanib qolmaslik uchun “toza” asalni tanishlaridan olishga harakat qilishadi. Chunki tabiiy asalni qalbakisidan ajratish biroz qiyinroq. Ammo sizda asalchi tanish bo‘lmasa, yaxshi asal ololmaysiz degani emas. Biz sizga bozordagi asalning haqiqiy yoki soxtaligini oson ajratib olishga yordam beradigan usullarani aytib beramiz.

Shakarga o‘xshab qolgan asal haqiqiy(mi?)

Agar asal shakarga o‘xshab qolgan bo‘lsa, bu tabiiy holatdir. Chunki haqiqiy asal sovuq kunlarda shunday holatda bo‘ladi. Kun sovug‘ida qotmagan asal sotayotgan sotuvchilarga aldanib qolmang. Haqiqiy asal suyuq holatda turishi uchun havo harorati kamida +30 – +35°C bo‘lishi kerak. Ba’zi sotuvchilar bu eritilgan asal deb sotishadi. Bunday odamlardan hech qachon asal olmang.
Ming haqiqiy bo‘lsa ham, eritilgan asal foydali bo‘lmaydi. Chunki eritish jarayonida asal tarkibidagi oqsillar yo‘qolib ketadi. Endi bunday asal nafaqat foydasiz balki zararli bo‘lishi ham mumkin. 

Qanday asalni umuman olmaslik kerak?

Agar may oyi asali deya sotiladigan asal qadog‘ida falon gulning asali deb yozilgan bo‘lsa, bunday asalni aslo xarid qilmang. Chunki bunday gaplar ertakdan boshqa narsa emas, sababi bahor gullarining barchasi bir xil vaqtda gullaydi. Hech bir asalarichi arilariga faqat falon gulning asalini yig‘ib kelinglar deb buyruq bera omaydi-ku, to‘g‘rimi? 

Haqiqiy asalni soxtasidan ajratib olish uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:

Ikki stakan suv
Yod.
Sirka
Qoshiq bilan plastinka
Salfetkalar
Va albatta, asal

1-usul

Eng oddiy va oson usul: Choyqoshiqni asalga botirib oling. Qoshiqni asaldan ko‘targaningizda asalning tushayotganiga ahamiyat bering. U silliq va bir tekisda bo‘lishi kerak. Qoshiqdan tushgan tepalik idishdagi asalga tez singib ketishi kerak. 

2-usul
Choy qoshiqni asalga botirib olib, qoshiqdan oqayotgan asalni qoshiqning o‘ziga o‘rab olishga harakat qiling. Agar shunday qilishning imkoni bo‘lsa, u haqiqiy asal bo‘ladi. 

3-usul

Quruq qog‘oz salfetkaga asal tomizing va 7-10 daqiqa kuting. Soxta asal salfetkaga singib ketib dog‘ hosil qiladi. Haqiqiy asal esa birozgina yoyilishi mumkin, ammo dog‘ga aylanib qolmaydi. 

4-usul
Bir stakan oddiy suvga asal soling, agar u haqiqiy bo‘lsa, asal erib suv hiralashib ketadi. Agar asal erimay cho‘kindi hosil bo‘lsa, demak, u tabiiy emas.

5-usul

Asal tarkibida kraxmal yo‘qligini qanday bilish mumkin? Bu vaziyatda sizga yod yordam beradi. Asal aralashtirilgan suvga bir tomchi yod tomizing ana shunda suyuqlik ko‘k ranga kirsa, asalga kraxmal solingan bo‘ladi. 

6-usul
Ba’zi bir ustomonlar shakarqiyomni haqiqiy asalga o‘xshatish uchun unga bo‘r (ha o‘sha hammamiz maktabda ishlatgan bo‘r) qo‘shishadi. Olgan mahsulotingiz tarkibida bo‘r bor yoki yo‘qligini bilish uchun xona haroratidagi bir stakan suvga 1 choyqoshiq asal solib, aralashtirng. So‘ng aralashmaga bir necha tomchi sirka tomizing. Agar suyuqlik (vijillab) ko‘pirib ketsa, unda siz asal deb o‘ylayotgan narsaga aniq bo‘r qo‘shilgan bo‘ladi. 

7-usul

Taqsimchaga asal solib, ustiga yangi kesilgan non (buxanka) bo‘lagini qo‘ying va bir yarim soat kuting. Agar asal haqiqiy bo‘lsa, non usti biroz qotadi. Agar asal soxta bo‘lsa, non bo‘kib yana ham yumshab ketadi. 

8-usul
Taqsimchaga ikki oshqoshiq asal soling ustidan bir choyqoshiq suv soling va qo‘lingiz bilan aylanma harakatlar qilib suv va asalni aralashtrishga harakat qiling. Agar asal haqiqiy bo‘lsa, taqsimchada kichik bo‘lmachalar paydo bo‘lganini ko‘rasiz. 

Asalni qanday saqlash kerak?

Asalari mahsulotini faqatgina shisha, plastmassa yoki sirlangan idishlarda saqlang. Hech qachon metall idishlardan foydalanmang. Chunki asal tarkibidagi kislotalar metall kislotalari bilan birlashib, oragnizmga zarar keltiradigan birikmalar hosil qiladi.

Ana endi siz haqiqiy asalni sohtasidan ajrata olasiz. Yuqoridagi usullarning bittasini qo‘llasangiz ham “toza” asal sotib olishingiz mumkin bo‘ladi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя