Главная » 2020 » Октябрь » 8 » Har kuni bir bo‘lakdan sarimsoq piyoz yeyilsa, organizmda qanday o‘zgarish kuzatiladi?
19:07

Har kuni bir bo‘lakdan sarimsoq piyoz yeyilsa, organizmda qanday o‘zgarish kuzatiladi?


Sarimsoq piyoz kuchli antioksidantlik va virusga qarshi xususiyatga ega hisoblangani uchun ham shifokorlar tomonidan, ayniqsa, shamollash ko‘p uchraydigan faslda kanda qilmaslik tavsiya qilinadi. Shifokor-parhezshunos Natalya Grigoryevna sarimsoq piyozni ratsionga kiritish muhimligi sabablari haqida ma’lumot beradi.

Kam shamollaysiz

Sarimsoq piyoz tarkibidagi allitsin virusga qarshi xususiyatga ega ekanligi ko‘plab tadqiqotlarda aniqlangan. U immun sistemasini mustahkamlaydi, viruslar yo‘q bo‘lishida ahamiyatli bo‘lgan T-limfotsitlarni sintez qilinishini rag‘batlantiradi.

Tadqiqotlarda sarimsoqning o‘zi emas, ekstraktidan foydalanilgan. Ekstraktdagi va sarimsoq tarkibidagi allitsin miqdorida farq bo‘lgani sabab immunitet mustahkam bo‘lishi uchun qancha sarimsoq yeyish kerakligini aniq aytish mushkul. Aksariyat hollarda bu hazm tizimidan kelib chiqqan holda individual bo‘lishi mumkin. Umuman olganda esa bir kunda 1-2 dona sarimsoq bo‘lagini iste’mol qilish yetarli bo‘ladi. Maydalangan sarimsoqda allitsin miqdori ko‘proq bo‘ladi. Salomatlikka ko‘proq foyda berishi uchun birinchi uni ezib, so‘ngra maydalash tavsiya qilinadi.

Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida samara beradi

Sarimsoq iste’mol qilish milkdagi yallig‘lanish kasalliklari xavfining oldini oladi. Gap shundaki, tarkibidagi fitonsidlar bakteriyalarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Ular periodontit keltirib chiqaradigan patogen mikroorganizmlar bilan kurashib ularni yo‘q qiladi.

Allergiyada yordam beradi

Sarimsoq allergik reaksiyalarni qo‘zg‘atadigan gistamin oqsillarini kamaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan etilatsetatni o‘z ichiga oladi. Allergik reaksiya paytida bir dona sarimsoq yeyish ijobiy samara beradi.

Ayollardagi kasalliklarning oldini oladi

Sarimsoq piyoz ayollarda uchraydigan kandidozlarga qarshi samarali ta’sir ko‘rsatadi. Uni muntazam iste’mol qilish natijasida patogen o‘simtalarning rivojlanishi nazorat qilinadi. Fitonsidlar zamburug‘, bakteriya va mikroblar ko‘payishining oldini oladi.

Yoshroq ko‘rinasiz

Sarimsoq boy bo‘lgan allitsinning yana bir o‘ziga xosligi uning antioksidantlik xususiyati hisoblanadi. Ratsionda antioksidantlarga boy mahsulotlarning mavjud ekani va ularning kanda qilmasdan iste’mol qilinishi teri tarangligini ta’minlaydi va erta qarishning oldini oladi.

Jigar salomatligi yaxshilanadi

Inson organizmida detoksikatsiya, ya’ni organizmdagi zaharli, ziyon keltiruvchi moddalarni neytrallash jarayoniga jigar javob beradi. Sarimsoq piyozda esa detoksikatsiya jarayonida ishtirok etadigan jigar fermentlarini ko‘paytirish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar bo‘ladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: yeyilsa, kuzatiladi, o‘zgarish, har kuni, organizmda, sarimsoq piyoz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя