Главная » 2018 » Июнь » 9 » Hasanboy Do‘stmatov yana mag‘lubiyatga uchradi
12:16

Hasanboy Do‘stmatov yana mag‘lubiyatga uchradi


Shu kunlarda Ostona shahrida boks bo‘yicha Qozog‘iston prezidenti kubogi uchun turnir bo‘lib o‘tmoqda.

Milliy olimpiya qo‘mitasi bergan xabarga ko‘ra, chorak final doirasida ringga chiqqan olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘stmatov kutilmaganda hindistonlik Lalbiakkima Nutlaiga mag‘lubiyatga uchradi.

Eslatib o‘tamiz, Hasanboy Do‘stmatov Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha «Gubernator kubogi» musobaqasi finalida ham mag‘lub bo‘lgan edi.

Og‘ir vaznli bokschimiz Sanjar Tursunov esa mezbonlar vakili Anton Pinchukka imkoniyatni boy berdi.

Shahobiddin Zoirov, Iqboljon Xoldorov, Aliyor Noraliev, Isroil Madrimov kabi bokschilarimiz esa g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Bugun musobaqada yarim final janglari bo‘lib o‘tadi:

-56kg: Shahobiddin Zoirov – K.Eraliev (Qozog‘iston)

-60kg: Shunqor Abdurasulov – Z.Safiullin (Qozog‘iston)

-64kg: Iqboljon Xoldorov – M.Vuttichai (Tayland)

-64kg: Aliyor Noraliev – B.Ibragimov (Qozog‘iston)

-69kg: Mahmud G‘oipov – A.Jusupov (Qozog‘iston)

-75kg: Isroil Madrimov – A.Amankul (Qozog‘iston)

-81kg: Bektemir Meliqo‘ziev – B.Nurdauletov (Qozog‘iston)


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Hasanboy Do‘stmatov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя