Главная » 2017 » Август » 21 » Hashamatli Mercedes-Maybach 6 Cabriolet namoyish qilindi
15:27

Hashamatli Mercedes-Maybach 6 Cabriolet namoyish qilindi


Germaniyaning Mercedes kompaniyasi tepa qismi ochiluvchi Mercedes-Maybach 6 konseptini taqdim etdi. Yangi avtomobil Pebbl-Bich (AQSh)da nafislik tanlovi doirasida namoyish qilindi. Ta’kidlash joizki, 2016 yilda bu yerda Mercedes-Maybach 6 kupesi taqdim etilgan edi. "Avtonovosti dnya" nashri shu mavzuga to‘xtaldi.

Yangi avtomobilning uzunligi - 5,7 metr, eni esa 2 metrdan oshadi. Tepa qismi taxlanuvchi kabriolet bunday salmoqli o‘lchamlarga qaramay, atigi ikki o‘rinlidir. Agar konsept-kar seriyali ishlab chiqarishga berilsa, nemis kabrioleti bozorda Britaniyaning Rolls-Royce Wraith avtomobili bilan raqobatlashadi.

Avtomobil o‘z dizayni bilan o‘tgan asrning 40-50-yillaridagi klassik modellarni yodga solgan bo‘lsa, uning ichki qismi so‘nggi texnologiyalarga muvofiq ravishda ishlangan. Kabrioletning ichida muqobil jihozlar o‘rniga sensor ekranlar o‘rnatilgan bo‘lib, avtomobil tizimlari aynan shular orqali boshqariladi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Avto Olam | | Теги: Maybach 6 Cabriolet, namoyish qilindi, Mercedes, Hashamatli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя