Главная » 2020 » Март » 25 » Havoning isib ketishi koronavirusga ta'sir qilmasligi mumkin
23:11

Havoning isib ketishi koronavirusga ta'sir qilmasligi mumkin


Ob-havo sharoitlari koronavirusning tarqalishiga ta'sir qilmaydi, deb yozadi Italiyaning Il Giornale nashri.

Virusolog Roberto Burioni havoning isib ketishi natijasida pandemiya pasayadi degan taxminlarga qo‘shilmadi. Mutaxassis fikriga ko'ra, virusga qarshi kurashda davlatlar tomonidan qabul qilingan cheklov choralari samarali xolos.

Uning ta'kidlashicha, iliq kunlar kelishi bilan barcha respirator kasalliklar haqiqatdan ham kamroq yuqadi, havodagi so‘lak tomchilari esa tezroq bug‘lanib ketadi. Ammo bu narsalarning hozirgi vaziyatga aloqasi yo‘q. 

Qayd qilish joizki, Bikokka Milan universiteti, Rim universiteti III va Keti-Peskara universiteti olimlari ham shunday xulosaga kelishgan. Ular Uxan, Lombardiya, Venetoda COVID-19 bilan xastalangan odamlar miqdorini taqqoslab ko‘rishgan va ularning sonini bu hududlardagi ob-havo sharoitiga bog‘liqligini aniqlashmagan.

Italiyalik olimlar infeksiyaga qarshi kurashda iliq ob-havo sharoitining foyda berishi haqidagi taxminni atipik pnevmoniya bilan taqqoslash natijasida yuzaga kelgan deb hisoblashmoqda. 2002 yil oxirida boshlangan bu virusning epidemiyasi 2003 yil o‘rtalariga kelib so‘nib qolgan edi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, o‘sha epidemiyani hozirgisi bilan taqqoslash o‘rinli emas.

Hozirgi vaqtda koronavirus 170ta mamlakatda aniqlandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotiga ko‘ra, xastalanganlar soni 350 mingdan oshdi. Shulardan 16 mingdan ortig‘i vafot etdi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя