Главная » 2022 » Ноябрь » 24 » Haydovchilar diqqatiga: 1 dekabrdan yangi tartib kuchga kiradi
19:19

Haydovchilar diqqatiga: 1 dekabrdan yangi tartib kuchga kiradi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil aprelda imzolagan  "Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq 1 dekabrdan qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari hisoblash tartibi kuchga kiradi.

Yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilinishini taʼminlash hamda ularni takroran buzish holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi tartibni nazarda tutuvchi haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi:

•    har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;

•    hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi maʼlum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan o‘rnatilgan tartibda mahrum qilinadi;

•    muayyan davr mobaynida yo‘l harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kuchga, diqqatiga, dekabrdan, kiradi, Yangi, tartib, Haydovchilar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя