Главная » 2020 » Январь » 23 » Haydovchilar diqqatiga: mashina salonini tez isitish uchun 5 ta tavsiya
21:52

Haydovchilar diqqatiga: mashina salonini tez isitish uchun 5 ta tavsiya


Mashina temirdan yasalgan, qishning sovuq kunida u ham muzlaydi. Muzdek salonga kimning ham o‘tirgisi keladi. Mashinani bemalol haydab ketish uchun eng avvalo uning salonini isitib olish kerak. Salonni qanday qilib tezda isitish mumkin?
1-tavsiya
Mashinani o‘t oldirgandan keyin darhol isitgichni yoqib qo‘ymaslik kerak. Chunki mashina yaxshi isimagani uchun isitgich faqatgina sovuq shamol chiqaradi. Mashinadagi suyuqliklarning barchasi qizib olishiga vaqt bering. Oradan bir necha daqiqa o‘tgach isitgichni bemalol yoqib qo‘yishingiz mumkin.    

2-tavsiya
Salonga sovuq havo kirishi mumkin bo‘lgan yerlar: eshik oynasi hamda old oynalarni qordan tozalashni unutmang. Avval mashinani o‘t oldirib, keyin ustini qordan tozalang.

3-tavsiya
Salon tez isishi uchun isitgichdagi havo oqimini oyoqlarga yo‘naltiring. Issiq havo sekin-asta yuqoriga ko‘tarilib, salonni bir tekisda isitadi.

4-tavsiya
Unutmang, mashina harakatlanish vaqtida juda yaxshi qiziydi. Salon isiguncha kutib o‘tirmagan ma’qul. Mashina o‘t oldirilgach, bir necha daqiqa kutishning o‘zi yetadi. Uni haydashni boshlang, salon tezgina isib ketadi. 

5-tavsiya
Motor yaxshilab qizimaguncha, salonda gaplashmaslikka harakat qiling. Chunki gapirish vaqtida og‘izdan chiqayotgan havo oqimi muzdek oynalarga uriladi. Natijada salon isigach, oynalarni par qoplaydi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя