Главная » 2020 » Январь » 9 » Haydovchilarning bir-biriga beradigan norasmiy ishoralari. Bularni avtomaktabda o‘rgatishmaydi
22:11

Haydovchilarning bir-biriga beradigan norasmiy ishoralari. Bularni avtomaktabda o‘rgatishmaydi


Bu signallar yordamida mashinadan tushmay turib, yoningizdagi haydovchi bilan gaplashishingiz mumkin. Ushbu signallar dunyoning ko‘p mamlakatlarida keng tarqalgan, ularning ko‘pidan O‘zbekistonda ham foydalanildi.

Chiroqli signallar

1. “Avariyka”ni qisqa yoqib o‘chirish
•  Qanday ko‘rinadi: burilish haqida ogohlantiradigan ikkala chiroq ham 2-3 marta yonib, o‘chadi.
•  Qanday ma’noni anglatadi: “Rahmat” yoki “Uzr”.
Tirbandlikda yoki boshqa qiyin vaziyatda sizga yo‘l berib, o‘tkazib yuborgan odamga mana shu signal orqali rahmat aytishingiz mumkin. 
Ehtiyotsizlik sabab kimningdir yo‘liga chiqib olsangiz-u, boshqa birovning mashinasiga urilib ketishga sal qolsa, shu harakat orqali unga o‘z uzringizni aytishingiz mumkin.

2. “Avariyka”ni uzoq yoqib o‘chirish
•  Qanday ko‘rinadi: burilish haqida ogohlantiradigan ikkala chiroq ham bir necha soniya yoniq holatda turib, keyin o‘chadi.
•  Qanday ma’noni anglatadi: ogohlantirish.
Bunday signal yo‘ldagi xavfdan ogohlantiradi. Sizdan oldinda ketayotgan mashina haydovchisi siz hali yetib bormagan yo‘ldagi halokat yoki boshqa ko‘ngilsizlikdan shu tarzda ogohlantiradi. Bunga qo‘shimcha tarzda oynadan qo‘lini chiqarib, silkitishi mumkin.
Yana bir variant – siz to‘xtamoqchi ekaningizni orqadagi mashina haydovchisiga bildirmoqchi bo‘lsangiz ham dastlab, o‘ngga burilish chirog‘ini yoqasiz, keyin esa “avariyka” miltillaydi.

3. Faralarning qisqa yonib o‘chishi
•  Qanday ko‘rinadi: 1 yoki 2 marta qisqa yonib-o‘chadi.
•  Qanday ma’noni anglatadi: “Senga yo‘l beryapman, o‘tib ketaver”.
Chorrahada yoki tirbandlikda boshqa haydovchilar shunday signal bersa, ular avtoturargohdan chiqayotganingizda yoki asosiy yo‘lakka o‘tmoqchi bo‘lganingizda sizga yo‘l bermoqchi ekaniligini shu tarzda bildiradi. Bunday signalni tushunganingizni boshingizni qimirlatib yoki qo‘lingizni ko‘tarib bildirib qo‘yishingiz mumkin. Bunga javoban odatda “avariyka”ni miltillatishadi.
Shuningdek, yo‘ldan o‘tishga ikkilanib turgan piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun ham shu signaldan foydalaniladi.

4.  Faralarning uzoq yonib o‘chishi
•  Qanday ko‘rinadi: davomiy yonib o‘chishlarga ba’zan ovozli signal qo‘shiladi.
•  Qanday ma’noni anglatadi: ogohlantirish yoki o‘tkazib yuborishlarini so‘rash.
Qarama-qarshi tomondan kelayotgan mashina haydovchisi sizga yashirin hududda yoki postda avtohalokat bo‘lganini aytmoqchi bo‘lsa, shu signalni beradi. Bunga javoban tezlikni kamaytirishingiz va ehtiyotkorroq bo‘lishingiz kerak. Tunda, qorong‘i ko‘chalarda haydovchi chiroqlaringiz uning ko‘zini qamashtirayotganini bildirish uchun bu signaldan foydalanadi. Sizdan yaqinni yoritadigan farani o‘chirishingizni so‘rayotgan bo‘lishi ham mumkin. 
Orqada kelayotgan mashina haydovchisi bu signalni bersa, uni o‘tkazib yuborishingizni so‘rayotgan bo‘ladi. Siz ham avtoturargohdan chiqib ketish yoki boshqa yo‘lakka o‘tishni so‘rash uchun shu signaldan foydalanishingiz mumkin.

5.  Gabaritni yoqib o‘chirish
•  Qanday ko‘rinadi: orqa gabaritlar 2 marta o‘chib yonadi.
•  Qanday ma’noni anglatadi:  masofani saqlashga chaqirish.
Kimdir mashinangizning orqasiga juda yaqin kelib tursa, stop-signal berish uchun gabaritlarni yoqib o‘chiring. Keyin orqadagi haydovchi sizdan masofa saqlab yuradi.

6.  O‘ng yoki chapga burilish chirog‘ini yoqib o‘chirish
•  Qanday ko‘rinadi: burilish chirog‘i yonadi.
•  Qanday ma’noni anglatadi: “Quvib o‘tma, xavfli” yoki “Yo‘l bo‘sh, aylanib o‘taver”.
Katta yuk mashinalarini aylanib o‘tish uchun haydovchilar shunday signal beradi. Yuk mashinalari band bo‘lgani uchun uzoqroqni ko‘radi va orqasida kelayotgan mashinaga qarama-qarshi yo‘lak bo‘sh yoki bo‘sh emasligini xabar qiladi.
Agar chapga burilish chirog‘i miltillasa, tinchgina mashinaning orqasidan ketavering. Keyin yo‘l bo‘shashi bilan o‘ngga burilish chirog‘ini yoqib, orqada kelayotgan yengil avtomobilga endi o‘taverishi mumkinligini bildiradi. Ana endi bemalol uni aylanib o‘tishingiz va “avariyka” yordamida rahmat aytib qo‘yishingiz mumkin.

Ovozli signallar

7.  Qisqa yengil signal

E’tiborni tortish uchun. Masalan, haydovchisi sizni sezmasligi mumkin bo‘lgan avtoturargohdan chiqib ketayotgan mashinaga urilib ketmaslik va o‘zingiz borligingizni bildirib qo‘yish uchun.

8.   2 ta o‘rtacha signal
Bu bilan shoshilayotgan haydovchi sizdan tezroq yurishingizni so‘rayotgan bo‘ladi.

9.  Oddiy signal
Shahar tashqarisida uzoq harakatlanuvchi haydovchilar bu signal bilan bir-biriga “rahmat” yoki “arzimaydi”, deydi. 

Qo‘l harakati yordamidagi ishoralar

10.   Havoda zarba
Yoningizdan o‘tib ektayotgan haydovchi sizga qarab, kafti bilan havoda pastga yo‘nalgan zarba bersa, u sizga yukxonangiz yoki kapotingiz ochilib qolganini aytayotgan bo‘ladi.

11.   Qo‘lini ko‘ksiga qo‘yish
Biror noto‘g‘ri harakat qilib qo‘ygan bo‘lsangiz, o‘zingizni aybdor his qilib, uzr so‘rash uchun shu usuldan foydalaning. 

12.   Yelkasiga urib qo‘yish
Bunday pogon harakati bilan, haydovchi sizni yaqin masofada turgan YPX xodimlari turgani haqida ogohlantirayotgan bo‘ladi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя