Главная » 2020 » Январь » 2 » Haydovchilarning malakasini oshirish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi
11:16

Haydovchilarning malakasini oshirish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi


O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritiladi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama uchun e`lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 23 fevraldagi 139-son qarori 3-bandining (Quyidagilarning malaka oshirishdan o‘tishi shartligi belgilab qo‘yilsin) ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilishi mumkin:

“yuridik shaxslarning transport vositalari haydovchilari, shu jumladan yo‘lovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilar, avtotransport vositalarini qisqa muddatli ijara (prokat) va lizing asosida boshqarayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va boshqa jismoniy shaxslardan tashqari – ikki yilda bir marta;”.

Ushbu xatboshining amaldagi tahriri quyidagicha: 

yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar, avtotransport vositalarini qisqa muddatli ijara (prokat) va lizing asosida boshqarayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va boshqa jismoniy shaxslardan tashqari — ikki yilda bir marta.

Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 31 maydagi 408-son qarori 5-ilovasida 6-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“6. Mulkchilik shaklidan qat'i nazar, barcha yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli bo‘lgan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarining haydovchilarini, shu jumladan yo‘lovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilarini malaka oshirish kurslariga yuboradilar va undagi ishtirokini ta'minlaydilar.”.

Amaldagi tahrir quyidagicha: 

Mulkchilik shaklidan qat'i nazar barcha yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilari malakasini oshirish kurslariga yuboradilar va unda ishtirokini ta'minlaydi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя