Главная » 2020 » Май » 23 » Haydovchilarning tezlikni oshirishiga qarshi antiqa usul o‘ylab topildi
10:04

Haydovchilarning tezlikni oshirishiga qarshi antiqa usul o‘ylab topildi


Rossiyaning Arxangelsk shahri hokimligi o‘tgan haftada Leningrad ko‘chasiga chap qo‘lida chalg‘i va o‘ng qo‘lida eng kam tezlik 60 km/soatgacha yo‘l belgisini ushlagan qora ridoli murda haykalini o‘rnatdi deya ma’lum qildi Meduzaga asoslanib Ekolog.uz.

Shahar hokimiyati tashabbusi bilan mahalliy rassom tomonidan yasalgan ikki metr balandlikdagi yog‘och haykal savdo markazlaridan birining yoniga o‘rnatildi. Hokimlik vakillarining g‘oyasi bo‘yicha ushbu dahshatli haykal haydovchilarga mashinada ehtiyotkorlik bilan yurishni eslatadi.

Biroq ushbu san’at asari o‘rnatilgan yerida bir sutka ham turmagan, noma’lum sabablarga ko‘ra yo‘qolib qolgan. Avvaliga shahar hokimiyati o‘g‘irlik sodir bo‘lgani haqida politsiyaga shikoyat qilmoqchi bo‘lgan, lekin dushanba kuni ko‘rinishiga bir oz putur yetgan haykal savdo markazi atrofidagi hududdan topilgan.

Arxangelsk shahri hokimiyatining vakili Irina Buynovskaya bergan intervyusida, haykalning yana o‘z joyiga qaytarib o‘rnatilishini ma’lum qildi. Shahar rasmiylari, keyinchalik haykalni ko‘chma qilish, avtomobillar ko‘p qatnaydigan va shaharning xavfli trassalariga o‘rnatishni rejalashtirgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tezlikni, usul, antiqa, oshirishiga, Haydovchilarning, o‘ylab topildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя