Главная » 2020 » Февраль » 20 » Haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda o‘qish majburiyligini bekor qilish taklif etildi
21:00

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda o‘qish majburiyligini bekor qilish taklif etildi


Haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda o‘qish majburiyligini bekor qilish haqida taklif berildi

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda o‘qish majburiyligini bekor qilish haqida petitsiya e'lon qilindi.

Murojaatda avtomobil boshqarishga ruxsat beruvchi guvohnoma olish uchun avtomaktablarda o‘qish majburiyligini bekor qilishni taklif qilindi.

“Avtomaktablarda o‘qitishdan maqsad nima? Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatishmi, buni mustaqil o‘qib-o‘rganish ham mumkin. Yoki avtomobil boshqarishni o‘rganishmi? Buni biror qarindosh yoki tanish yonida yurib ham o‘rganish mumkin. Hozirda maktablar o‘qitish xizmati uchun 2-3 million so‘raydi. Maqsad pul to‘lashmi, bu pulni o‘z qarindoshimizga bersak ham bo‘ladi. Baribir YHXBda imtihon topshirmagunimizcha “prava” bermaydi”, - deb yozadi petitsiya muallifi.

Ta'kidlanishicha, IIB YHXBda imtihon topshirish uchun to‘lovlarni amalga oshirgan fuqarolardan avval nazariy, nazariy imtihondan o‘tganlardan amaliy imtihon olinib, imtihon topshirganlarga toifali haydovchilik guvohnomasi topshirilishi yetarli bo‘ladi.

“Men avtomaktablarni qat'iy berkitish tarafdori emasman, balki avtomaktablarda o‘qishni ixtiyoriy qilib, avtomaktablarda o‘qimaganlar ham, o‘z malakalariga ishonishsa, YHXB huzurida imtihon topshirishlariga ruxsat berilishini taklif qilaman.

Bu taklifimni tegishli vakolatli organlar tasdiqlashlari jamiyatimiz ravnaqiga hissa qo‘shadi. Chunki jamiyatni taraqqiy ettiruvchi kuch – bu avtotransport sohasidir. Chunki ishlab chiqarish va savdo tizimi yaxshi bo‘lishi uchun, avvalo, transport tizimi yaxshi rivojlangan bo‘lishi talab qilinadi”, - deyiladi murojaatda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda o‘qish majburiyligini bekor qilish taklif etilgan.

Bundan oldin, haydovchilardan amaliy imtihonlarni avtomatlashtirilgan avtodromlarda olish tartibi joriy etilishi xabar berilgandi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя