Главная » 2020 » Декабрь » 13 » “Hech narsa demasdan o‘z stolini 40 daqiqa kutdi”. Krishtianuning maydon va uning tashqarisida mutlaq chempion ekanligi haqida kichik hikoya
17:47

“Hech narsa demasdan o‘z stolini 40 daqiqa kutdi”. Krishtianuning maydon va uning tashqarisida mutlaq chempion ekanligi haqida kichik hikoya


Krishtianu Ronaldu borishni xush ko‘radigan restoran egasi portugaliyalik futbolchining uzoq vaqt davomida rafiqasi va o‘g‘li bilan birga zaxira stolida o‘tirib, o‘z navbatini kutgani haqida hikoya qilib berdi.

Barcha joylar band, bo‘sh stollar yo‘q edi. Biroq “Yuventus” yulduzi tushkunlikka tushmagan holda boshqalarga bo‘lgan hurmatini namoyish etdi.

“Bir kuni kechqurun Krishtianu mendan kechki soat 21:00 ga 3 kishilik stolni band qilib qo‘yishimni so‘radi. Hech qanday ikkilanishlarsiz uning taklifini qabul qildim. Ammo darhol ‘endi nima qilsam ekan?’, deb o‘ylay boshladim. Chunki restoran allaqachon to‘lib bo‘lganini bilardim, ammo vaqtni hisobga olgan holda agar u (Ronaldu) soat 19:00 da buyurtma bergan bo‘lsa, demak 21:00 ga qadar kimdir ketsa kerak deb o‘yladim”.

Ronalduning Turindagi sevimli Casa Fiore restorani egasi futbol yulduzining shaxsiyatini namoyon qiladigan qiziq voqeani aytib berdi.

“Men o‘zimni tinchlantirish uchun yaqin atrofdagi restorandan stol olib keltirib, uni burchakka zaxira joyi sifatida o‘rnatdim. Krishtianu, Jorjina va uning o‘g‘li soat 20:00 da keldi. Mijozlarning barchasi hayratda edi, hech kim gapirmayotgandi ham. Eng muhimi ular endi ketishni xohlamay qolgandi. Shuning uchun men Krishtianuni zaxira stoliga o‘tirishga taklif qildim, vaqt o‘tib borardi, ammo hech kim ketishni istamasdi”.

O‘sha vaqtda ko‘pchilik dunyoning eng kuchli futbolchilaridan birini ushbu noqulaylik aql ozdiradi deb o‘ylagandi, ammo voqea umuman boshqacha yakun topdi.

“Krishtianu g‘azablanmadi, rafiqasi va o‘g‘li ham mamnun edi. O‘sha paytda men Ronalduning dunyo yulduzi va jahonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishdan tashqari hurmatli inson ekanligini ham anglab yetdim.

Sizni ishontirib aytamanki, men bunday vaziyatda takabbur va mashhurlik borasida Ronaldudan ancha orqadagi odamlarning besh daqiqa ham kutmasdan ketib yuborganini ko‘p marotaba ko‘rganman. Krishtianu esa hech narsa demasdan 40 daqiqa o‘z stolini kutdi”.

Aynan mana shu birgina epizod Ronalduning maydon va uning tashqarisida mutlaq chempion ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

“U haqiqatan ham yaxshi inson. “Atletiko”ga qarshi o‘yindagi (Chempionlar Ligasi doirasida 2019-yilda o‘tkazilgan uchrashuv) het-trikdan oldin u mendan ismimni so‘radi va bellashuvdan keyin imzosi tushirilgan ikkita libosini sovg‘a qildi. U yuragi katta, yaxshi odam”, – deydi restoran egasi.

Buyuklik oddiylikda deganlari shu bo‘lsa kerak. Shunchaki bravo, Krishtianu Ronaldu!


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: chempion, Krishtianu, mutlaq, Hikoya, maydon | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя