Главная » 2017 » Январь » 30 » Hilola Hamidova Dilmurod Agzamovning ortidan quvib Tailandgacha bordi
11:35

Hilola Hamidova Dilmurod Agzamovning ortidan quvib Tailandgacha bordi


Avvalroq, xonanda Hilola Hamidovaning “Sog‘indim” nomli yangi qo‘shig‘ini saytimiz orqali premera qilgan edik. Yangi yilni yangi ijod mahsullari bilan boshlagan Hilola Hamidova navbatdagi qo‘shig‘iga klip suratga oldirish uchun klipmeyker Dilmurod Agzamovning ortidan Tailandgacha bordi.
 
Gap shundaki, Hilola Hamidovaning ijodida sifatli kliplar kam. Navbatdagi “Sog‘indim” nomli qo‘shiq esa omadli chiqdi. Albatta, bu qo‘shiqqa sifatli klip suratga oldirish kerak. Xonanda buning uchun rejissyor Dilmurod Agzamov va tasvirchi Rustam Murodovga murojaat qildi. Dam olish uchun Tailandga otlangan Agzamov va Murodov Hilolaning taklifini rad etishgan.
 
Tailand safaridan xabar topgan Hamidova ham jomadonini yig‘diyu Tailandga yo‘lga chiqdi va Dilmurod Agzamovga klip oldirib qaytdi.
 
E’tiborli jihati shundaki, “Sog‘indim” milliy estrada yo‘nalishida kuylangan qo‘shiq. Klip esa Tailandda suratga olindi. Qiziq, xonandaning milliy qo‘shiqqa Tailand orollarida oldirgan klipi ketgan sarf-xarajatni oqlarmikin?
 
Hilola Hamidovaning yangi qo‘shig‘iga suratga olingan videoklipni tez orada saytimiz orqali tomosha qilasiz. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Dilmurod Agzamov, Tailandgacha bordi, ortidan quvib, Hilola Hamidova | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя