Главная » 2018 » Февраль » 25 » Hind aktrisasi Shridevi 54 yoshida vafot etdi
19:14

Hind aktrisasi Shridevi 54 yoshida vafot etdi


Hindistonlik kinoaktrisa Shridevi (haqiqiy ismi Shri Amma Yanger Ayyapan) 24-fevralga o‘tar kechasi Dubayda yurak xurujidan vafot etdi, deb yozadi “TASS” NDTV telekanaliga tayanib. Aktrisa 54 yoshda edi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Shridevi Dubayga jiyanining to‘yida qatnashish uchun borgan.

Shridevi hind kinosining eng mashhur yulduzlaridan biri hisoblanadi, u Mumbaydagi Bollivud studiyalarida ham, Janubiy Hindiston kinosida ham suratga tushgan. Aktrisa jami 270 da kartinada rol o‘ynagan.

O‘zbek tomoshabinlari Shridevini “Artist” (1983), “Mehribonginam” (1987), “Janob Hindiston” (1987) filmlari orqali yaxshi taniydi.

Aktrisaning vafoti munosabati bilan Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va prezident Ram Natx Kovind ta’ziya bildirdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: Shridevi, Hind aktrisasi, vafot etdi, 54 yoshida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя