Главная » 2020 » Октябрь » 21 » Hind kinosi yulduzlarining sevimli aktyorlari (foto)
20:19

Hind kinosi yulduzlarining sevimli aktyorlari (foto)


Siz-u biz muxlislik qiladigan shou-biznes vakillari ham kimlarningdir ashaddiy muxlisi. Hind kinosanoatining eng yorqin yulduzlari hisoblangan aktyor va aktrisalarning kumiri kimlar ekani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Priti Zinta

Yoqimtoy aktrisa Tom Kruzni yaxshi ko‘radi. U “Mohir mergan” filmini tomosha qilganidan keyin aktyorga muxlislik qila boshlagan. 2011-yilda Anil Kapurning ziyofatida sevimli aktyor bilan uchrashgani uning hayotidagi eng baxtli onlardan biri bo‘lgan.

Rani Mukerji

Aktrisa turmush o‘rtog‘i Adityaga tuyg‘ulari haqida lom-lim demasligi mumkin, ammo Bred Pittni telbalarcha yaxshi ko‘rishini yashirmaydi.

Katrina Kaif

Aktrisa “Sumerki”ni tomosha qilganidan keyin Robert Pattinsonning muxlisiga aylangan. U barcha qismlarni atigi 4 kunda ko‘rib tugatgan va agenti orqali aktyor bila uchrashishga harakat qilgan. Ammo kumiri bilan uchrasha olmagan.

Bipasha Basu

Bipasha sevimli aktyori Josh Xartner bilan 2011-yilda Rola Joffening filmida suratga tushgan. Shundan keyin ular o‘rtasida bir gap borligi haqida mish-mishlar tarqalgan.

Ranbir Kapur

Ranbir aktrisalar Jessika Bil va Xolli Berriga muxlislik qiladi. Aktyor ular ijrosidagi filmlarni bitta qoldirmay tomosha qiladi.

Saif Ali Xon

Karina Kapur tomonidan yuragi zabt etilganiga qaramay aktyor Rakel Uelchni o‘zgacha yaxshi ko‘radi. 80 yashar aktrisa Gollivudda hali-hamon o‘z o‘rniga ega.

Karina Kapur

Bugungi kunda baxtli turmush kechirib kelayotgan aktrisadan bir vaqtlar yigitini kimga almashishi mumkinligi haqida so‘ralganda u Leonardo Di Kaprio ismini tilga olgan.

Priyanka Chopra

Aktrisa “Sumerki” va uning yulduzi Robertni juda ham yaxshi ko‘radi va shu bilan birga Jerard Batlerni ham kelishgan deb hisoblaydi.

Sonam Kapur

Sonam turmushga chiqishidan avval oldingi munosabatlari haqida og‘iz ochmagan bo‘lishi mumkin, lekin hech qachon Leonardo Di Kaprioga bo‘lgan samimiy tuyg‘ularini yashirmagan.

Shohruh Xon

Bollivud qiroli Shohruh Xon Anjelina Jolining muxlisi ekanligini aytadi. U bir necha yil avval “Oltin globus” taqdirlash marosimida kumiri bilan suhbatlashgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: yulduzlarining, (Foto), Kinosi, HIND, aktyorlari, Sevimli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя