Главная » 2021 » Май » 18 » Hindiston haqida aytilmaydigan haqiqatlar
12:25

Hindiston haqida aytilmaydigan haqiqatlar


1. Atrofingizda, umuman mamlakatning hamma joyida son-sanoqsiz odamlarga ko‘zingiz tushadi. Aeroportga yetib borganingizda olomon faqat shu yerda yig‘ilgan, deb o‘ylasangiz qattiq adashasiz, butun Hindiston o‘zi shunaqa;

2. Hindiston o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida eng yuqori pog‘onada turadi. Bunga asosiy sabab — avtohalokatlardir. Yo‘l qatnovi juda tig‘iz va hech kim yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaydi. O‘limlar soni ko‘pligiga ikkinchi sabab bu tug‘ruq paytida yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklardir. Hindistonda ko‘ngildagidek tibbiy yordam xizmati yo‘lga qo‘yilmagan, shuning uchun homilador ayollarning aksariyat qismi tug‘ruq paytida vafot etadi. Uchinchi sabab bu— iflos ekologiya sanaladi. Ba’zi hind oilalarida mutant farzandlar tug‘iladi va ularning umri qisqa bo‘ladi. Shuningdek, Hindistonda ko‘plab odamlar saraton kasalligidan ham vafot etadi;

3. Hindlar o‘z havosini shu qadar ifloslaganlarki, Dehli va Mumbay kabi shaharlarda o‘tkazilgan bir kun 100 dona sigareta chekkan bilan teng;

4. Uy-joylarning qariyb 53 foizida kanalizasiya va oqova suv yo‘q. Odamlar hojatxona sifatida chelaklardan foydalanishda va axlatlarini yaqin atrofga uloqtirishadi. Ko‘chalardagi badbo‘y hiddan boshingiz aylanib ketadi;

5. Bugungi kunga qadar go‘zal Hindistonda qullik saqlanib qolgan. Mamlakatda qullar soni 14 millionga yetadi. Hindiston qonunchiligidagi tegishli moddalarni aylanib o‘tuvchi amaldorlar tufayli qullik gullab-yashnamoqda. Qullarning aksariyati savodsiz qizlar va ularning farzandlaridan iborat.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: aytilmaydigan, Hindiston, haqiqatlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя