Главная » 2017 » Январь » 23 » Hindiston temir yo‘lida yirik halokat yuz berdi
10:05

Hindiston temir yo‘lida yirik halokat yuz berdi


22 yanvar kuni Hindiston sharqida poezd vagonlarining relsdan chiqib ketishi oqibatida 39 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “Times og India” nashri xabar bermoqda.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, halokat Orissa va Andxra-Pradesh shtatlari chegarasida yuz berdi. Poezdning 22 ta vagonidan 8 tasi relsdan chiqib ketgan. Oqibatda 60 dan ortiq kishining jabarlangan haqida xabar qilinmoqda.
 
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi temir yo‘l halokati oqibatida qurbon bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.
 
Hozircha Jagdalpur shahridan Bxubaneshvar shahriga yo‘l olgan poezdning halokatga uchrashiga nima sabab bo‘lgani noma’lum. Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda. 

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yirik halokat, temir yo‘l, yuz berdi, Hindiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя