Главная » 2020 » Март » 2 » Hindistonda bir yoshli bola itga uylantirildi
22:40

Hindistonda bir yoshli bola itga uylantirildi


Hindistonning Orissa shtatida  bir yoshli bola itga uylantirildi, deb yozadi Daily Star.

Qayd etilishicha, bu ish bolaga yopirilishi mumkin bo‘lgan yovuz ruhlarni cho‘chitish uchun qilingan.

23-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda shtatdagi Bariyan qishlog‘ida bir yoshli bola va itning to‘yi aks etgan videolar tarqaldi.

Videoda yorqin rangli kiyimlar kiyib olgan mehmonlar yosh “kelin-kuyov” atrofida raqsga tushayotgani aks etgan.

An’anaga ko‘ra, agar bolaning birinchi tishi tepa milkidan chiqsa, bunday to‘ylar o‘tkaziladi. Mahalliy aholi bu holat yovuz kuchlar diqqatini tortishiga ishonadi, shuning uchun ular yovuz kuchlarni qo‘rqitish uchun bolalarni itlarga uylantiradi.

Qayd etilishicha, bunday to‘ylar shunchaki urf-odat. Bolalar katta bo‘lganida it bilan ajrashmasdan bemalol an’anaviy nikohdan o‘tishi mumkin.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя