Главная » 2020 » Май » 31 » Hindistonda josuslikda gumon qilingan kabutar 3 yil deganda ozodlikka chiqdi
15:06

Hindistonda josuslikda gumon qilingan kabutar 3 yil deganda ozodlikka chiqdi


Hindiston politsiyasi josuslikda gumon qilingan Pokiston kabutarini hibsdan ozod qildi. 2016 yil qush ikki mamlakat o‘rtasidagi munozarali chegara orqali uchib o‘tgan, natijada Hindistonda josuslikda gumon qilinib hibsga olingan edi.

Qayd etilishicha, so‘nggi politsiya tekshiruvi paytida qushda shubhali narsa topilmadi. Ta’kidlanishicha, kaptar dastlab pokistonlik baliqchi tomonidan egalik qilingan. Biroq, uning qaysi yo‘l bilan ozod qilinganligi va egasiga qaytarilgani aniq emas.

"Bu shunchaki begunoh qush", deydi kaptarning egasi Habibulloh.

U hind fuqarolarini qushni unga qaytarib berishga va uni politsiyaga bermaslikka chaqirdi. Hozirda kabutar hindistonlik bir fuqaroning qo‘lida ekanligi aytilmoqda.
 

Qo‘lga olish paytidagi kabutarning oyog‘iga yozilgan raqam mahalliy aholining qo‘rquviga sabab bo‘lgan. Bu maxfiy hududda ish olib borayotgan jangarilar uchun mo‘ljallangan maxfiy kod bo‘lishi mumkinligi aytilgan. Habibullohning ta’kidlashicha, kabutar qush poygalarida qatnashgan va oyog‘idagi raqamlar egasining telefon raqamidir. Ta’kidlanishicha, qimor o‘yinlarining ushbu turi chegaraoldi qishloqlarda juda mashhur bo‘lib, vaqti-vaqti bilan qushlar yo‘qolib turadi.

Ma’lumot uchun, Kabutar 2016 yil oktyabr oyida hibsga olingan. Hindiston tomonining xabar qilinishicha, uning panjasiga «Lashkar-Taiba» jangari guruhi a’zolari imzolagan tahdidli xat bo‘lgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: gumon, Hindistonda, chiqdi, Kabutar, josuslikda, ozodlikka, qilingan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя