Главная » 2019 » Декабрь » 25 » Hindistonda sher odamni g‘ajib tashladi
16:22

Hindistonda sher odamni g‘ajib tashladi


Hindistonning Gujarat shtatida istiqomat qiluvchi odam sherning o‘ljasiga aylandi. U tong saharlab o‘rmonga borgandi, deya xabar beradi «The Hindu» nashri.

Jurnalistlarning ma’lum qilishicha, hodisa 23-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 6:00 da sodir bo‘lgan. Jira qishlog‘idan 55 yoshli Kadubxai Bxilad ismli kishi o‘rmonga borganda unga arslon tashlanib qoladi.

Erkak voqea joyida hayotdan ko‘z yumadi. Uning murdasini tekshiruv o‘tkazish uchun shifoxonaga olib borishadi.

Ta’kidlash joizki, Bxilad uyi yaqinida joylashgan Gir o‘rmoni Osiyo arsloni yashaydigan yagona joy sanaladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя