Главная » 2020 » Декабрь » 8 » Hindistonda tarqalgan noma’lum kasallik haqida ma’lumot berildi
09:47

Hindistonda tarqalgan noma’lum kasallik haqida ma’lumot berildi


Andxra-Pradesh shtati hukumati vakili Mutyal Raju Revu noma’lum kasallik haqida ma’lumot berib, u odamdan odamga yuqmasligini aytdi.

Qon tahlillari, miya suyuqligi va bemor miyasining kompyuter tomografiyasi natijalariga ko‘ra, kasallikning sababini aniqlashning iloji bo‘lmagan.

Shu bilan birga, “Times of India” nashri kasalikka xlorli organik birikmalar va chivinlarga qarshi vositalar sabab bo‘lishi mumkinligi yozdi.

“Hozirgacha kasallik bir odamdan boshqasiga o‘tmadi. Kasallik uchun yosh chegalari yo‘q. Eluru suv ta’minotiga ulanmagan tumanlardagi odamlar ham kasallangan. Hatto har kuni ma’danli suv ichuvchi odamlar ham kasallangan”, deyiladi rasmiy xabarda.

Ta’kidlanishicha, kasallik alomatlari jami 340 kishida, shu jumladan bolalarda aniqlangan. Ularning 157 nafari kasalxonalarda qolmoqda, 168 nafariga uyiga javob berilgan, bir kishi vafot etdi.

Eslatib o‘tamiz, noma’lum kasallik Eluru shahri va unga yondosh hududlarda yakshanba kunidan tarqala boshlagan. Bemorlar bosh aylanishi, epilepsiya, to‘satdan hushdan ketish, og‘iz ko‘pirishi va titroqdan shikoyat qilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Kasallik, Hindistonda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя