Главная » 2020 » Ноябрь » 28 » Hindistonlik bola 14 yoshida universitetni tamomladi
22:57

Hindistonlik bola 14 yoshida universitetni tamomladi


Hindistonning Haydarobod (Andxra-Pradesh shtati) shahrida yashovchi bola 14 yoshida universitetni tugatdi, deb xabar berdi “NDTV”.

Ta’kidlanishicha, Agastya Jaysval Haydaroboddagi Usmonli universitetini tamomlagan va ommaviy kommunikasiya hamda jurnalistika bo‘yicha bakalavr dimplomini olgan.

Ma’lum qilinishicha, bola boshqa sohalarda ham kuchli bo‘lib, stol tennisi bo‘yicha milliy musobaqalarda qatnashadi va ikki qo‘li bilan teng darajada yaxshi yozadi.

"Men Hindistonda 14 yoshida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan birinchi bola bo‘ldim", - deya muvaffaqiyat quvonchi bilan bo‘lishdi Jaysval  ota-onasiga qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirgan holda kelajakda shifokor bo‘lishni orzu qilayotganini aytarkan.


Manba: "aniq.uz"
| Теги: tamomladi, universitetni, Hindistonlik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя