Главная » 2020 » Май » 29 » Hindistonlik ruhoniy koronavirusga qarshi kurashish uchun odamning boshini tanasidan judo qildi
09:56

Hindistonlik ruhoniy koronavirusga qarshi kurashish uchun odamning boshini tanasidan judo qildi


Hindistonda hinduiylik dini ruhoniysi koronavirusga qarshi kurashda g‘alaba qozonish uchun odamning boshini tanasidan judo qildi. Bu haqda India Today nashrida xabar qilingan.

Xabarda aytilishicha, qotillik Hindistonning Orissa shtatida sodir bo‘lgan. Mahalliy ibodatxonaning 72 yoshli ruhoniysi va 52 yoshli ibodat qiluvchi o‘rtasida diniy mojaro kelib chiqqan. Natijada ruhoniy ibodat qiluvchiga tashlangan va uni o‘ldirib, boshini tanasidan judo qilgan. Shundan so‘ng u politsiyaga taslim bo‘ldi.

Ruhoniyning ta’kidlashicha, uning tushiga xudolari kirgan va koronavirusni yengish uchun odam qurbonlik keltirishi lozimligini buyurgan. Politsiya tomonidan xabar qilinishicha, ruhoniy qotillik vaqtida spirtli ichimliklar ta’sirida mast bo‘lgan.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: qarshi kurashish, judo qildi, odamning, Ruhoniy, koronavirusga, tanasidan, Hindistonlik, boshini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя