Главная » 2018 » Май » 8 » Hindistonning mashhur telekanali O‘zbekistonda film suratga oldi
12:54

Hindistonning mashhur telekanali O‘zbekistonda film suratga oldi


2017 yilning dekabr oyida Hindistonning Travelxp telekanali vakillari O‘zbekistonga safar uyushtirib, Toshkent, Samarqand va Buxoro shahrida bo‘lishdi.

Telekanal ijodkorlari tomonidan O‘zbekiston turistik salohiyatiga bag‘ishlangan uchta maxsus film tayyorlandi. Birinchi film 22 aprel kuni efirga uzatildi. “City Breaks – Tashkent” deb nomlangan 27 daqiqali lavha O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari haqida hikoya qiladi.

Ikkinchi film 29 aprel kuni efirga chiqdi. Unda qadim va navqiron Samarqandning tarixiy va me’moriy yodgorliklari, muqaddas qadamjolari teletomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Buxoro shahrining sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan uchinchi film 6 may kuni namoyish etildi.

Ko‘rsatuv muallifi Santosh Singxning ta’kidlashicha, O‘zbekiston haqidagi mazkur filmlar Travelxp tomonidan shu kunga qadar sayyohlik mavzuida ishlangan eng qiziqarli loyihalaridan biri bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, telekanal 2011 yilda Hindistonda tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi turli mamlakatlarning sayyohlik salohiyati va imkoniyatlarini targ‘ib etish hisoblanadi.

Xozirda telekanalni dunyoning 25 mamlakatida 50 milliondan ortiq xonadon tomosha qiladi. Travelxp ko‘rsatuvlari o‘ndan ko‘proq tillarda efirga uzatiladi.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: mashhur telekanal, suratga oldi, Hindiston, Film, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя