Главная » 2021 » Июнь » 13 » Hokimlik mutasaddilari va yarim-yalang‘och raqqosalar videosi yuzasidan bayonot berildi
22:47

Hokimlik mutasaddilari va yarim-yalang‘och raqqosalar videosi yuzasidan bayonot berildi


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Sirdaryo tumani hokimligi mas’ullari va davlat tashkilotlari rahbarlari va raqqosalar aks etgan videolavha muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Sirdaryo viloyati hokimligi bayonotiga ko‘ra, jarayon 2020-yil oktyabr oyining o‘rtalarida taxminan kech soat 21:00 da (ishdan tashqari vaqtda) Sirdaryo tumanidagi «Yevro Aziya» restoranida sodir bo‘lgan. 

Ishdan tashqari vaqtda boshqa fuqarolar singari restoranga ovqatlanish uchun borgan mas’ullar - tuman hokimi o‘rinbosari (o‘sha vaqtda tuman hokimi yordamchisi) tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Sirdaryo tumani inspeksiyasi bosh mutaxassis-davlat inspektori, «Suvoqova» davlat unitar korxonasi rahbari hamda Sirdaryo tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbarlari bo‘lgan.

Aytilishicha, mazkur shaxslar o‘tirgan xonaga restoranda xizmat ko‘rsatayotgan «Shov ballet» raqqosa qizlari kirib kelgan. Raqqosalarning kutilmaganda kirib kelishi ularga ma’qul kelmagan. Shu sababli raqqosalarga pul berilgan va xonani tark etishi so‘ralgan. Natijada videodagi holat yuzaga kelgan.

«Holat yuzasidan restoran ma’muriyati bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Mas’ul xodimlarga jamiyatda yurish-turish qoidalariga amal qilgan holda davlat xizmatchisi sifatida namuna ko‘rsatishlari lozimligi eslatib o‘tildi. Shuningdek, lavozimdan ozod etish kabi qat’iy chora qo‘llanilishi belgilandi» — deyiladi bayonotda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Hokimlik, yuzasidan, raqqosalar, yarim-yalang‘och, bayonot, videosi, mutasaddilari | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя