Главная » 2020 » Март » 17 » Homilador ayollar koronavirusdan qanday saqlanishi kerak?
21:08

Homilador ayollar koronavirusdan qanday saqlanishi kerak?


Homilador ayollar koronavirus infeksiyasidan qanday saqlanishi kirek? Ushbu savolga Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi: 

“Koronavirus infeksiyasidan saqlanish bo‘yicha har bir toifadagi odamlar uchun alohida ko‘rsatmalar mavjud emas. Kasallik havo tomchi yo‘li va muloqot yo‘li orqali yuqish ehtimolidan kelib chiqqan holda umume’tirof qilingan talablar qo‘yiladi.  

Birinchidan, homilador ayolni koronavirus infeksiyasidan saqlash uchun barchaga qo‘llanilgan tartib qo‘llanilishi kerak. Lekin, ularni alohida davolash usullari ham mavjud emas. Hozirgi kunda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti qanday toifaga mansub bo‘lishidan, irqidan, millatidan qat’i nazar koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslarni davolash protokollarini ishlab chiqqan. Aynan shu davolash bayonnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasida amaliyotda tartib qo‘llaniladi”. 

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etildi. Bugun, 17 mart kuni ushbu infeksiyani yuqtirib olgan bemorlar 11 nafarga yetdi. Respublikada 2100 kishi karantinga olingan. 

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Manba: "kun.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя