Главная » 2017 » Июнь » 19 » Homilador bo‘lishga ko‘mak beradigan 12 mahsulot
11:31

Homilador bo‘lishga ko‘mak beradigan 12 mahsulot


1. Ismaloqni bug‘da pishiriladi hamda yarimta limon sharbati qo‘shib, salat tayyorlanadi. Kuniga bir likopcha miqdorida yeyish lozim.

2. Yog‘siz sut, yogurt va qatiq.

3. Qaynatilgan yoki konservalangan loviya. Turli xil salatlar tayyorlasa bo‘ladi.

4. Qovoqni bug‘da pishirib, pyure tayyorlab, sut yoki pishloq bilan aralashtirsa, mazaliroq bo‘ladi.

5. Brokkoli karamini bug‘da pishirib, o‘simlik yog‘i va tuz qo‘shib iste’mol qilinadi.

6. 50 gr. bug‘doy yormasiga 200 ml. qaynagan suv quyib, limon sharbati qo‘shiladi-da, ezilguniga qadar pishiriladi. So‘ng pomidor, piyoz, zaytun moyi bilan aralashtirib, dasturxonga tortiladi.

7. Lavlagini har qanday ko‘rinishda iste’mol qilaverish mumkin.

8. Karam hazm qilish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga organizmni vitaminlar bilan ta’minlaydi.

9. Pomidorni o‘zingizga qulay ko‘rinishda iste’mol qilavering, foydali jihatlarini sanab adog‘iga yetish qiyin.

10. Pista, yong‘oq, bodom, funduk kabilarni bir kunda 50 gr.dan kam bo‘lmagan miqdorda tanovul qilish tavsiya etiladi.

11. Limon hamda qovun. Yangi uzilganidan iste’mol qiling.

12. Chakanda va klyukvadan sharbat tayyorlang hamda shakar o‘rniga asal qo‘shib iching.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: mahsulot, Homilador, 12, ko‘mak beradigan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя