Главная » 2020 » Июнь » 28 » Homilador holatida filmlarda suratga tushgan aktrisalar (foto)
23:12

Homilador holatida filmlarda suratga tushgan aktrisalar (foto)


Jaya Bachchan

Aktrisa “Qasos va qonun” filmida suratga tushayotgan paytida to‘ng‘ich farzandi Shvetaga homilador bo‘lgan. O‘sha paytda Jaya hamda Amitabx Bachchanning oila qurganiga endigina 1 yil bo‘lgan edi.

Xema Malini

“Mening ovozimni eshit” filmida suratga tushayotgan paytda Xema katta qizi Eshani dunyoga keltirish arafasida bo‘lgan.

Kajol

Kajol ikkinchi farzandiga homilador bo‘lgan paytda birdaniga ikki film – “Biz bir oilamiz” hamda “Tunpurlik super qahramon”da suratga tushgan. “Biz bir oilamiz” kartinasi katta ekranlarda namoyish etilishidan 10 kun oldin esa o‘g‘lini dunyoga keltirgan.

Konkona Sen Sharma

Aktrisa Konkona ham Kajol kabi homilador holatida birdaniga ikki filmda suratga tushgan.

Juhi Chavla

Birinchi farzandiga homiladorligida ikki filmda suratga tushgan Juhi ikkinchi farzandiga homilador bo‘lganda ham suratga olish maydonchasida ishlagan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: suratga tushgan, filmlarda, (FOTO), Homilador holatida, aktrisalar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя