Главная » 2016 » Октябрь » 27 » Homiladorlar uchun Yoga
17:11

Homiladorlar uchun Yoga


Yoga homiladorlarning tonusini va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi va tug‘ruqni osonlashtiradi.

Bolishga o‘tirib, oyoqlarni chalishtiring. Qo‘l barmoqlarni ham birlashtirib, qo‘lni yuqoriga ko‘taring. Bo‘yinni imkon qadar erkin qo‘yib, boshni qorin tomon eging. Nafas oling, nafas chiqarish bilan birga qo‘llarni ham tushiring. Qo‘llar va oyoqlarning holatini o‘zgartirib, mashqni yana takrorlang.

Boshingizni bolishga qo‘ying. Oyoq kaftini birlashtirib, o‘zingizga tomon torting. Ammo tizza yerdan ko‘tarilmasin. O‘zingizni bo‘sh qo‘ying va 5 daqiqa shu holatda orom oling.

Devorga yaqinroq o‘tiring. Tovonlarni birlashtirib, o‘zingizga torting. Tizzalar bilan yerga tegishga harakat qiling. 1 daqiqadan so‘ng o‘zingizni bo‘sh qo‘ysangiz bo‘ladi.

Yerdan baland yuzaga o‘tirib, tovonlarni suratdagidek joylashtiring. Tizzalarni ochib, orqa tomondan qo‘llaringizni birlashtirishga harakat qiling. O‘ng qo‘l chapining ustida bo‘lishi lozim. Shu holatda biroz yengil nafas olib, qo‘llar o‘rnini almashtiring.

Bolishni devor yaqiniga qo‘yib, ustiga yoting va oyoqlarni asta yuqoriga ko‘taring. Ko‘zlarni yumib, asta nafas oling. Bir necha daqiqa shunday yotgach, dastlabki holatga qayting. So‘ng yonboshlab yana bir daqiqa yengil nafas oling.

Yerga ko‘rpacha yozib yoting va boshingizga yostiq, tizza tagiga esa bolish qo‘ying. 5-10 daqiqa ko‘zlaringizni yumib, o‘zingizni bo‘sh qo‘ying. So‘ng tizzalarni bukib, yonboshlang. Bir daqiqadan so‘ng asta o‘tiring. 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: xomilador, Yoga, Ayol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя