Главная » 2021 » Октябрь » 11 » Homiladorlikda emlangan ayollardan gʼayrioddiy bolalar tugʼilayotgani rostmi?
16:06

Homiladorlikda emlangan ayollardan gʼayrioddiy bolalar tugʼilayotgani rostmi?


Ijtimoiy tarmoqlarning oʼzbek segmentida homiladorlik vaqtida koronavirusga qarshi emlangan ayollardan mutant bolalar tugʼilayotgani haqida maʼlumotlar tarqalmoqda. Unda chaqaloqlarning dumlari, yunglari, 3-4 ta qoʼl va oyogʼi borligi aytilmoqda.

Qayd etilishicha, Moderna va Pfizer/BioNTech bilan emlangan onalardan tugʼilgan mutant bolalar haqidagi xabarlar dastlab Turkiya farovonlik partiyasi raisi Fotih Erbakan tomonidan tarqatilgan. 

U televideniedagi chiqishida Moderna vaktsinasi odamlarning DNKsini oʼzgartirishini, shuningdek bu mutant bolalar tugʼilishiga sabab boʼlishini aytgan. Qolaversa u, gʼayrioddiy chaqaloqlarning rasmlarini ham koʼrsatgan. 

Oʼzbekistonda soxta axborotlarga raddiyalar eʼlon qilinuvchi sahifada ushbu fotosuratlarning hech biri vaktsina hamda COVID-19 pandemiyasi bilan bogʼliq emasligi maʼlum qilindi. Unga koʼra, tarqalgan videoda birinchi boʼlib koʼrsatilgan dumli chaqaloq rasmi 2009 yilda fotosuratchi Saymon Stoun tomonidan yaratilgan.

Ikkinchi koʼrsatilgan yung bilan qoplangan bolaning surati ham vaktsina bilan bogʼliq emas. Fotosuratda tasvirlangan bola gipertrikoz yoki boʼri sindromi bilan tugʼilgan. Ushbu kasallikka 2019 yilda Ispaniyada birdaniga 16 nafar bola chalingan. Keyinchalik maʼlum boʼlishicha, ularning hammasi soch toʼkilishiga qarshi dorilarni qabul qilishgan.

Erbakan koʼrsatgan uchinchi fotosuratda 2016 yilda Hindistonda tugʼilgan siam egizaklari tasvirlangan. Egizak oʼgʼil va qizning tana aʼzolarining koʼpi umumiy boʼlib, bor-yoʼgʼi bir juft bir-biriga yopishgan oyoqlari boʼlgan.

“Shunday qilib, Erbakan koʼrsatgan fotosuratlarning COVID-19 pandemiyasidan oldin olingan va vaktsinaga hech qanday aloqasi yoʼq”, deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, koronavirusga qarshi emlanish DNKni oʼzgartirishi mumkin degan nazariya yolgʼon boʼlib, ilmiy dalillarga zid hisoblanadi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: Homilador, Ayol, tugʼilayotgani, emlangan, Bolalar, gʼayrioddiy, Rostmi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя