Главная » 2018 » Январь » 30 » Homiladorlikda qanday uxlash(yotish) lozim
23:40

Homiladorlikda qanday uxlash(yotish) lozim


Homilador ayol yotganida badani karavoti bilan kurashishi ayollarga tanish holat. Unday yotsa ham, bunday yotsa ham joyini topa olmaydi. Homiladorlikda ayollarda uxlash holatini topish qiyinchiligi yuzaga keladi. Doim uxlab yurgan holati borgan sari to'g'ri kelmay qoladi.
Homiladorlikda uxlash noqulay bo'lishiga nima sabab bo'ladi?
Qorin qismning kattalashi;
Bel og'rishi; Jig'ildoq qaynashi; Nafas olishda qiynalish; Uyqusizlik; Oyoqda tomir tortishi.

Homilador ayol qulayroq va osuda uxlashi uchun quyidagi holatlar yordam beradi:
1. Homilador ayol yotishi uchun eng qulay holat - biqinida - yon tomonida yotishdir.
2. Agar qorningiz chiqqan bo'lsa, qorin ostiga yumshoq yostiq qo'yib olsangiz bo'ladi.
3. Oyoqlaringiz orasiga, belingizga yumshoq yostiqlardan qo'yib olsangiz yanada qulayroq bo'ladi.
4. Homiladorlikning ilk oylarida esa oyoq ostiga yostiq qo'yib yotish ham yaxshi bo'ladi.

Homiladorlikda tun mobaynida ayol bir necha bor holatini qayta-qayta o'zgartirishi oddiy hol. Homiladorlikda uxlash holatlarining qaysinisdan ehtiyot bo'lish kerak?
Belda uxlash. Bu holat bel og'riqlarini, nafas olishda qiynnalishni, qon bosimini pasayishini, qabziyatni, bavosilni keltirib chiqarishi mumkin. Bunga sabab kattalashgan qorin orqa tomirni bosishidadir. Qorinda uxlash. Homiladorlik davri oshgan sari qorinda yotish qiyinchilik tug'diradi.
Manba: Amerika Homiladorlik Uyushmasi

Manba: "uzbaby.uz"
Категория: Er-Xotin, Turmush psixologiyasi | | Теги: qanday, lozim, yotish, uxlash, Homiladorlik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя