Главная » 2020 » Январь » 29 » Hongkonglik olimlar yangi koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishdi – OAV
07:46

Hongkonglik olimlar yangi koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishdi – OAV


Hongkonglik olimlar guruhi Xitoyda tarqalgan yangi turdagi koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqdi, biroq uni sinovdan o‘tkazish uchun ancha vaqt talab etiladi. Bu haqda Hongkong universiteti mikrobiologiga tayanib South China Morning Post nashri ma'lum qildi.  

“Biz vaksinani ishlab chiqdik, biroq uni hayvonlarda sinovdan o‘tkazish uchun ancha vaqt talab etiladi”, deb ma'lum qilgan professor Yuen Kvok-Yung.

Olimning ta'kidlashicha, vaksinaning hayvonlarda sinalishi bir necha oy, odamlarda sinalishi esa yana bir yil talab qilishi mumkin. 

Ta'kidlanishicha, hongkonglik olimlar oddiy grippdan vaksinaga koronavirusning yuza antigenining bir qismini qo‘shib, uni modifikatsiya qilishgan. Shu tariqa, yangi vaksina ham grippga, ham zotiljam keltirib chiqaruvchi yangi koronavirusga qarshilik ko‘rsata olishi mumkin.

Avvalroq Shanxaydagi Tunszi universiteti qoshidagi Dunfan gospitali va Xitoyning Stermina biotexnologik kompaniyasi koronavirusdan mRNK-vaksinani ishlab chiqish loyihasini tasdiqlagani ma'lum qilingandi. Shuningdek, AQShning Johnson&Johnson (J&J) kompaniyasi bosh ilmiy xodimi Pol Stoffels koronavirusga qarshi vaksinani yaratish bo‘yicha ishlar faol olib borilayotgani va u yaqin oylarda tayyor bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя