Главная » 2019 » Февраль » 8 » «Hovli» serialidagi Denizning yigiti kim?
21:17

«Hovli» serialidagi Denizning yigiti kim?


Barchamizga tobora manzur bo‘lib borayotgan “Hovli” serialida bosh rolni ijro etgan Demet Evgar mashhur turk aktrisasi, teatr, kino va televideniya yulduzi sanaladi. U o‘z kar’erasini 2000 yilda boshlagan.

Demet 1980 yilning 19 mayida Turkiyaning Manisa shahrida tug‘ilgan.

U dastlab 17 yoshida «Afsem Theatre» havaskorlar teatrida ish boshlagan. Uning sahnadagi birinchi namoyishi Rey Kunining «Bu oilada ish beradi» pesasi edi. Istambul Universtetida tahsil olish mobaynida Evgar do‘stlari bilan birga «Tiyatro Kilchik» teatr gruppasini tashkil qiladi.

Gruppada faoliyat yuritish mobaynida u o‘zini dramaturgiyada ham sinab ko‘radi. Ssenariylar yozadi. U sahnalashtirgan «Anna Karenina», «Basamak» va «Kimri» asarlari katta shuhrat qozonadi.

2007 yilda Demet Evgar «Rock Musical» postanovkasida bo‘y ko‘rsatdi. Uning «Pangar» teatrida paydo bo‘lishi ham «Makbet» hamda «Qirol Lir» kabi asarlarda suratga tushish bilan gullab-yashnadi. Bu spektakllarda aktrisa ajoyib aktyorlik mahoratiga ega bo‘ldi.

Aktrisaning televidenie va kinoda paydo bo‘lishi ham oson kechdi. Demet Evgar juda ko‘p teleshoularda ishtirok etgan.

Aktrisaning shaxsiy hayoti haqida uncha ko‘p narsa ma’lum emas. Uning bo‘yi – 1 m. 62 sm. Aktrisa hozirda hech kim bilan jiddiy aloqa o‘rnatmagan. Biroq aktyor Erkan Kolchak Kyostendil bilan do‘stona aloqada. Bu ikki aktyor ham ular shunchaki do‘st ekanligini ta’kidlaydi.

Demet biroz vaqt amerikalik Sean Singer bilan sevishgan. Ishqiy aloqalar 8 oy davom etgan.


Manba: "hordiq.uz"
Категория: Voqealar Rivoji | | Теги: hovli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя