Главная » 2020 » Сентябрь » 2 » I like to move it xit qo‘shig‘i muallifi Erik Morillo Mayami-bichdagi uyida o‘lik holda topildi
20:32

I like to move it xit qo‘shig‘i muallifi Erik Morillo Mayami-bichdagi uyida o‘lik holda topildi


Amerikalik dijey, prodyusser va I like to move it xiti ijrochisi Erik Morillo Mayami-bich kurort shahridagi uyidan o‘lik holda topildi. Meduza’ning yozishicha, 49 yoshli ijodkorning o‘limi sababi hozircha noma’lum.

Ta’kidlanishicha, Morillo avgustning boshida nomusga tegganlikda ayblanib hibsga olingan. Keyinroq u garov puli evaziga ozodlikka chiqarilgan. 4-sentabrda ishi sudda ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Morillo uch marta eng yaxshi xalqaro dijey va uch marta stil-haus uslubida ijod qiluvchi dijey sifatida DJ Awards mukofotini qo‘lga kiritgan. U tomonidan 1993-yilda Reel to Real loyihasi uchun yozilgan I like to move it singli o‘n yillikning eng yaxshi raqsbop treklari ro‘yxatidan bir necha marta o‘rin olgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: qo‘shig‘i, XIT, o‘lik holda, uyida, I Like To Move It, Mayami-bichdagi, muallifi, topildi, Erik Morillo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя