Главная » 2018 » Январь » 11 » Ichkarida Seriali qahramoni: Jalolbey (Kabobchi Jalol) haqida
17:44

Ichkarida Seriali qahramoni: Jalolbey (Kabobchi Jalol) haqida


"Sevimli" telekanalning muxlislarini chin ma'noda deyarli har kuni hayajonga solayotgan Jalolbey haqidagi qiziqarli ma'lumotlarni sizlarga taqdim etishni boshlaymiz. Assalomu alaykum azizlar. Telekanalimiz tomonidan namoyish etilayotgan va o'z navbatida qiziqarli bo'layotgan "Ichkarida" serialining bosh rol ijrochilaridan biri Chetin Tekindor (Jalolbey) 1945 yilning 16 iyulida Turkiyaning Sivas shahrida tug'ilgan. Uning turmush o'rtog'i Zarrin Tekindor bo'lib, ularning bir nafar farzandi bor. Chetin Tekindor 1983 yildan boshlab Turk kinoijodkorlari tomonidan kashf qilingan desak hech mubolag'a qilmagan bo'lar edik. Sababi aktyor aynan shu yildan boshlab, katta ekranlarda ko'zga ko'rinarli darajadagi va muvaffaqiyatli obrazlarni yarata olgan. Uning debyut roli "Kichik boshliq" seriali edi. Mazkur serialda ijro etgan roli orqali chin ma'noda aktyor muvaffaqiyat sari odimlay boshladi. 2005 yilda "Mening otam - mening o'glim" filmi aktyorga eng yuqori marralarni taqdim etdi. Mazkur filmdagi roli uchun aktyor mukofotga sazovor bo'lgan. Aktyor "Ichkarida" serialidagi obrazidan bir qancha vaqt chiqib keta olmagan. Ushbu obraz chin ma'noda aktyorning mahoratini ko'rsatib bera olganini kino tanqidchilar e'tirof etib kelishmoqda. So'nggi yillarda aktyor ushbu serialdan tashqari "Ayla: Urush qizi" va "Bobom" filmlarida ham rol ijro etdi. Bizdagi ma'lumotlar hozircha shu va sizlar bilan ma'lumotlar almashishda davom etib qolamiz.

Manba: "tarona.tv"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Ichkarida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя