Главная » 2021 » Сентябрь » 22 » Ichki ishlar metroda 13 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan shaxsni qidiruvga berdi
14:32

Ichki ishlar metroda 13 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan shaxsni qidiruvga berdi


Joriy yilning 18 sentyabr kuni Toshkent metropolitenining “Olmazor” bekatida noma’lum erkak 2008 yilda tug‘ilgan A.E.ga nisbatan behayo harakatlar qilgani aks etgan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tomonidan holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, hozirda, videokuzatuv moslamalari orqali noma’lum erkak kishining harakat yo‘nalishini o‘rganish va shaxsini aniqlash ishlari amalga oshirilmoqda.

"Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu fotosuratdagi erkak kishi haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz darhol 102 raqamiga yoki yaqin bo‘lgan ichki ishlar organiga xabar berishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tegajog‘lik, qidiruvga, Metroda, Ichki ishlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя