Главная » 2020 » Март » 9 » ID-KARTAning narxi ma’lum bo‘ldi
19:00

ID-KARTAning narxi ma’lum bo‘ldi


Avvalroq, 2021 yil 1 yanvardan boshlab barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga biometrik pasport o‘rniga 10 yil muddatga hujjat egasining shaxsini va fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat sifatida identifikatsiya ID-kartasi berishi haqida ma’lum qilgan edik. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida qayd etilishicha, ID-karta rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizini tashkil etadi, ya’ni 198 ming 470 so‘m.

ID-karta shaxsni, fuqarolikni tasdiqlaydigan hujjat hisoblanib, O‘zbekiston hududida foydalaniladi. ID-karta 10 yil muddatga beriladi.

O‘zbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs va xorijiy fuqaroning yashash guvohnomasi ularning amal qilish muddati tamom bo‘lgunga qadar haqiqiydir. Ushbu hujjatlarning egalari ularni belgilangan tartibda ID-kartaga almashtirish huquqiga ega.

Biometrik pasportni ID-kartaga almashtirish:

•    2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrgacha ixtiyoriylik asosida;

•    2023 yil 1 yanvardan 2030 yil 31 dekabrgacha majburiy tartibda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti 2030 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя