Главная » 2016 » Ноябрь » 17 » Ideal pardozning 7 siri
18:48

Ideal pardozning 7 siri


1.  Tonal kremni barmoq uchiga surtib, yuz terisiga tekkizib chiqing. Aynan shu harakat bilan kremni tarqatib chiqasiz.

2.  Lab bo‘yog‘ini o‘rtacha qalinlikdagi pardoz cho‘tkasi bilan surtsangiz, tekis va chiroyli bo‘ladi.

3.  Tush surtib bo‘lgach, 1-2 soniya ko‘zlaringiz yumuq holatda bo‘lsin. Ana shunda tush bo‘yog‘i surkalmaydi.

4.  Ko‘z qovoqlarini pardoz qilayotganda avval rangsiz tendan surtib, so‘ng ustiga istalgan rang berish mumkin.

5.  Yumshoq kontur qalamini gel ko‘rinishidagisiga aylantirish uchun 1-2 soniya olovda ushlab, so‘ng sovutib olsangiz bas. Biroz yaltiroq ta’sirli qalam bo‘ladi.

6.  Lab bo‘yog‘ining rangi uzoqroq turishi uchun ustidan upa sepib qo‘ying. Ana shunday taomlangandan keyin ham rangi saqlanib qoladi. 

7.  Kiprigingiz uzun bo‘lsa, hajm beradigan, kalta bo‘lsa, uzaytiradigan tushdan foydalaning. Agar kiprigingiz juda ingichka va siyrak bo‘lsa, bir qavat tush surting-da, ko‘zingizni yumib ustidan upa seping. So‘ng yana tush surtasiz.

Yog‘ upangiz tugab qolsa, och pushti tenni katta pardoz cho‘tkasiga sepib, yonoqlaringizga rang berishda foydalanishingiz mumkin.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Siri, pardoz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя