Главная » 2020 » Май » 7 » Iftorlik uchun qulupnayli pirog pishiramiz
19:47

Iftorlik uchun qulupnayli pirog pishiramiz


Mazkur pirog, taom borasida qaysar bo‘lgan har qanday kishining ham ko‘nglidan joy olishi aniq.
Pirog uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
Tuxum — 2 dona
Tuz — 1 chimdim
Qatiq — 1 piyola
Shakar — 170 gr
Un — 1,5 piyola
Sariyog‘ — 50 gr
Ichimlik sodasi — 1 choy qoshiq
Qulupnay — 300 gr
Tayyorlanish jarayoni:
Sariyog‘ni eritib oling.
Tuxumga tuz qo‘shib bir xil massa bo‘lgunicha mikser bilan aralashtiring.
Oz-ozdan shakar qo‘shib aralashtirishda davom eting. Jarayon 7 daqiqadan kam bo‘lmasligi kerak.
Qatiq va sariyog‘ni qo‘shib aralashtiring.
Unni elakdan o‘tkazib, soda bilan aralashmaga qo‘shing.
Xamir smetana suyuqligida bo‘lishi kerak.
Qolip yoki maxsus idishga xamirni soling.
Pirog ustiga qulupnay terib chiqing (xohishga qarab xamir orasiga ham qo‘shishingiz mumkin).
Pirogni 1 soatga qizigan pechga 180 darajaga qo‘ying.
Yoqimli ishtaha!

Manba: "daryo.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: pishiramiz, pirog, iftorlik, uchun, qulupnayli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя