Главная » 2021 » Июнь » 29 » IIBB Jahongir Otajonovning «nomaqbul chiqishlari»ga javob qaytardi
12:34

IIBB Jahongir Otajonovning «nomaqbul chiqishlari»ga javob qaytardi


Sobiq xonanda Jahongir Otajonovning ichki ishlar xodimlari bo‘yicha navbatdagi videochiqishi keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unda Otajonov mashinasini bir necha kundan beri ololmayotganini aytib o‘tgan. 

Toshkent shahar IIBB vaziyat yuzasidan quyidagicha  izoh berdi.

«So‘ngi kunlarda internet ijtimoiy tarmoqlarida Toshkent shahri, Olmazor tumanida yashovchi, 1978-yilda tug‘ilgan fuqaro Otajonov Jahongir Saparbayevichni turli nomaqbul chiqishlari fuqarolarimizning o‘rinli e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda

17-iyun kuni Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati inspektori tomonidan M.Ulug‘bek tumani, Oltintepa ko‘chasida harakatlanib kelayotgan «Gentra» rusumli transport vositasi to‘xtatib tekshirilganda, haydovchi 1979-yilda tug‘ilgan, Atajanov Alisher Saparbayevich (J.Atajanovning ukasi) boshqaruv huquqini beruvchi xujjatlari bo‘lmaganligi sababli avtoulov jarima maydoniga joylashtirilgan hamda ayni vaqtga qadar tegishli xujjatlar taqdim etilmayotganligi sababli vaqtincha saqlanmoqda»,— deyiladi IIBB xabarida.

Jahongir Otajonov o‘zining davlat organlari xizmatchilariga nisbatan haqoratomuz videochiqishlari orqali yaqinlarining huquqbuzarliklarini yashirish, o‘zining maishiy muammolariga omma e’tiborini tortishga urinishlari namoyon bo‘layotgani aytilgan. 

«Mazkur fuqaroning harakatlarida tuhmat va haqorat qilish alomatlari mavjud bo‘lganligi sababli, holatga tegishli tartibda huquqiy baho beriladi va jamoatchilikka qo‘shimcha ravishda axborot taqdim etiladi»,—deyiladi bayonot yakunida.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: IIBB, nomaqbul, Jahongir Otajonovning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя