Главная » 2020 » Февраль » 22 » IIBB: Toshkentdagi kvartiradan o‘ligi chiqqan italiyalik jasadi topilishidan bir necha kun avval vafot etgan
00:42

IIBB: Toshkentdagi kvartiradan o‘ligi chiqqan italiyalik jasadi topilishidan bir necha kun avval vafot etgan


Toshkentning Mirobod tumanidagi kvartiradan jasadi topilgan italiyalik sayyoh Geno Jorjoning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avvalroq O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Toshkentning Mirobod tumanidagi ijaraga olingan kvartirada Italiya fuqarosi murdasi topilgani haqidagi xabarlarni tasdiqlagan edi. Dastlabki xabarlarda voqea joyi ko‘zdan kechirilgan vaqtda xonadon eshigi buzilmagani, xonalardagi buyumlar tartibli turganligi, jasadda tan jarohatlari yo‘qligi ta’kidlangan edi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Geno Jorjo 9-fevral kuni Malayziyadan Toshkentga kelgan. Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, u 10-fevral kuni Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakili orqali Mirobod tumanidan 30 kunga ijaraga olgan kvartirasiga ro‘yxatdan o‘tgan.

Sayyoh 10-fevraldan buyon aloqaga chiqmaganidan xavotirlangan qarindoshlari yordam so‘rab Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga murojaat qilgan. Elchixona vakillari 16-fevral kuni yigit istiqomat qilgan kvartiraga kelgan, biroq eshikni hech kim ochmagan. Shundan so‘ng ular kvartira egasi hisoblangan ayol B.F.ni chaqirishgan va eshik ochilib, ichkariga kirilganida jasad topilgan.

Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazining Toshkent shahar filiali ma’lumotnomasiga ko‘ra, Geno Jorjo jasadi topilishidan bir necha kun avval vafot etgan. Kvartira egasi B.F.ning qayd etishicha, u 10-fevral kuni sayyoh bilan telefon orqali gaplashganida, Geno Jorjo mazasi bo‘lmayotganini aytgan, shundan so‘ng ular boshqa gaplashmagan. Uning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Qo‘shnilar B.F.ning kvartirasiga kim joylashganidan bexabar bo‘lgan, chunki ular hech qanday shubhali shovqinni eshitmagan, kvartiraga kimdir kirib-chiqqanini ham ko‘rmagan. “Italiya fuqarosining o‘limi bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda”, — deyiladi Toshkent shahar IIBB axborotida.


Manba: "daryo.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя