Главная » 2020 » Октябрь » 6 » Ijodiy imtihonlar natijasi e’lon qilindi
12:04

Ijodiy imtihonlar natijasi e’lon qilindi


2020/2021 o‘quv yiliga respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari tegishli oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilindi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Respublika oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga abituriyent sifatida hujjat topshirib, kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar o‘zlarining talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganligi to‘g‘risidagi natijalar bilan tegishli oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-sayti orqali tanishishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2020-2021 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan imtihonlar natijasi joriy yilning 25 sentyabr kuni e’lon qilingandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: imtihonlar, e’lon qilindi, natijasi, Ijodiy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя