Главная » 2021 » Ноябрь » 16 » Ijtimoiy tarmoqda deputat Feruza Jo‘rabekovnani obro‘sizlantirishga qaratilgan video tarqatilyapti
15:59

Ijtimoiy tarmoqda deputat Feruza Jo‘rabekovnani obro‘sizlantirishga qaratilgan video tarqatilyapti


Bugun jamoatchilik e’tibori ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga qaratildi. Videoda Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman kengashi deputati Feruza Jo‘rabekovna va bir erkak nomaqbul vaziyatda ekani aks etgan.

Video “virus” bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda va jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari deputatning shaxsiy hayotiga daxldor videoni tarqatib, uning sha’ni va obro‘siga putur yetkazishga urinish bo‘layotganini qoralamoqda.

Feruza Jo‘rabekovna o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tarqalayotgan videolarga munosabat bildirib, bunda Toshkent viloyati IIB xodimi Raximov Ziyodullani ayblagan.

“Toshkent viloyati IIB xodimi Raximov Ziyodulla rahmat sizga. Hammasi uchun javob berasiz hali.

Nurafshondagi qiliqlaringiz, namunali uylardagi Milliy gvardiya xodimlari oldidagi kayf holatdagi qiliqlaringizni ko‘rgan, bilganlar o‘lgani yo‘q hali!

Barmog‘imni sindirib, tirnog‘imni sug‘urib olib, meni nimalarnidur yozishga majbur qilganlaring uchun javob berasanlar xali!

Endi nima bilan qo‘rqitasanlar? Shunaqa shantajlaring borligini endi hamma biladi. 5 ta erkak, mani zo‘rlab nimalarni yozdirmoqchi bo‘lganingni ertaga aytaman.

2 oktyabr kuni meni ne ko‘ylarga solganing, zo‘ravonlik qilib nimalarni yozdirmoqchi bo‘lganlaring, men bloger, jurnalist, deputat do‘stlarimni chaqirganimda qochib ketganlaringni hammasini aytaman.

Sandaqa ifloslar, o‘zbek erkaklari nomiga faqat dog‘ tushuryapsanlar, asl basharangni ochaman, ishon”, deydi Feruza Jo‘rabekovna.

Videodagi hodisa qachon va qayerda tasvirga olingani aniq emas. Biroq vaziyat fuqaroning shaxsiy hayotiga daxldor bo‘lib, uni ijtimoiy tarmoqqa tarqatish, uning huquqlarining buzilishi demakdir. Jinoyat kodeksining 141-1 moddasida shunday deyiladi:

Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish

Shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. O‘sha harakatlar:
a) og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa;
b) g‘arazli niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa;
v) xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Sunnatilla Abdullayev

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Feruza Jo‘rabekovna, Ijtimoiy, Tarmoq, tarqatilyapti, qaratilgan, deputat, video, obro‘sizlantirishga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя