Главная » 2021 » Январь » 29 » Ikki kun avval boshqa masjidda o‘g‘irlik qilgan erkak Toshkentda masjidda namoz o‘qishga kirgan fuqaroning 5400 dollarini o‘g‘irladi
18:54

Ikki kun avval boshqa masjidda o‘g‘irlik qilgan erkak Toshkentda masjidda namoz o‘qishga kirgan fuqaroning 5400 dollarini o‘g‘irladi


Toshkent shahri «Chorsu» bozori yonida joylashgan «Ho‘ja Ahror Valiy» jome’ masjidida erkak 6 dekabr kuni fuqaroning cho‘ntagidan 5400 dollaryi o‘g‘irladi. Bu haqda «Zamon» axborot dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, o‘g‘rilik holati masjid kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.

102 raqamiga qilingan murojaat uchun olib borilgan surishtiruvlar va videokuzatuv kameralaridagi tasvirlar o‘rganilgan va o‘g‘rining shaxsiga oydinlik kiritilgan. U 1984 yil Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan Otabek ismli fuqaro ekanligi aniqlangan. Tergov harakatlari davomida fuqaro o‘g‘irlikdan ikki kun oldin xuddi shunday jinoyatni Yunusobod tumanidagi «Minor» masjidida ham amalga oshirgani ma’lum bo‘lgan. U yerdan 1330 AQSh dollar pul o‘g‘irlagan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Namoz, Masjidda, dollarini, o‘g‘irladi, o‘g‘irlik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя